2014 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan Boeing 777 bo‘laklari Google Maps orqali topildi

Foto: Google Maps
Avstraliyalik muhandis mexanik Piter Makmehonning ma'lum qilishicha, Malayziyaga tegishli Boeing 777 samolyoti bo‘laklarini NASA hamda Google Maps tasvirlari yordamida topgan. Bu haqda The Sun tabloidi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, laynerning halokatga uchrash joyi Seyshel arxipelagining Ruand orolidan 16 kilometr janubidagi suv tubida joylashgan. Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilar qidiruv ishlari davomida bu sektorni avval o‘rganib chiqishmagan.
Erkak olingan natijalarni Avstraliya transport va xavfsizlik byurosiga topshirdi.
2014 yilning 8 martiga o‘tar tunda Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amalga oshirayotgan hamda bortida 227 yo‘lovchi va ekipaj 12 nafar a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 avialayneri radarlar ekranidan yo‘qolib qoldi.
Shu yilning yanvar oyida esa Malayziya hukumati izsiz yo‘qolgan laynerni qidirish ishlari boshlanishiga ruxsat berdi.
Mavzuga oid

11:13 / 27.12.2024
O‘ligi ham, tirigi ham topilmagan 239 kishi – 10 yil oldin izsiz yo‘qolgan Boeing 777

18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin

18:43 / 04.12.2024
“GPS’dan o‘lim” – sayohatchilarni muammolarga duchor qilayotgan navigator va xaritalar

20:40 / 07.11.2024