Ispaniya politsiyasi Soria provinsiyasida kelib chiqishi kubalik bo‘lgan erkakning g‘oyib bo‘lishiga aloqadorlikda gumon qilib, ikki kishini hibsga oldi. Tergov xodimlari Google Maps fotosuratidan dalil sifatida foydalangan: unda bir kishi o‘z mashinasiga o‘ralgan jasadga o‘xshash yukni joylashtirayotgani ko‘rinadi.
Surat faqat bir necha o‘nlab odamlar yashaydigan Soria shahridagi Taxueko munitsipalitetida Google Maps avtomobili tomonidan olingan. 12 noyabr kuni qo‘lga olinganlar qurbonning sherigi va uning sobiq sevgilisi bo‘lgan ayol ekani ta’kidlanmoqda.
Erkak o‘tgan yilning 23 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan edi. Rasmiylar Soria provinsiyasida joylashgan Sentenera de Andalus munitsipalitetidagi qabristonda ko‘milgan jasad qoldiqlarining bir qismini topdi. So‘ngra zamonaviy texnik vositalar yordamida qoldiqlar yo‘qolgan erkakka tegishli ekani aniqlandi.