Nigeriya o‘g‘irlab ketilgan 110 nafar qizni ozod etish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy. Foto: AP
Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy ma'muriyati “Boko Harom” radikal guruhi bilan 19 fevral kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Yobe shtatida joylashgan Dapchi qishlog‘idan o‘g‘irlab ketilgan 110 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizni ozod etish haqida muzokaralar o‘tkazish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ma'muriyatdan ta'kidlashlaricha, muzokaralarni o‘tkazish varianti harbiy yechimdan ko‘ra afzalroq. Xabarda ko‘rsatilishicha, Nigeriya hukumati maktab o‘quvchilarini ularga hech qanday zarar yetmagan holda ozod etish maqsadida xalqaro tashkilotlar va muzokarachilar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib turibdi.
Buxoriy fevral oyi oxirlarida qizlar o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi. U ro‘y bergan hodisani milliy falokat, deb atadi.
Mavzuga oid

18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi

13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

01:47 / 19.01.2025
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 70 ga yaqin inson halok bo‘ldi

14:40 / 14.12.2024