GetContact ilovasi App Store Uzbekistan’da yetakchilikni qo‘lga oldi, u uzoq vaqt davomida birinchi marta Telegram’dan o‘tib ketdi, deb yozmoqda Spot.uz.
GetContact o‘zini foydalanuvchi raqami do‘stlarining telefon kitoblarida qanday yozilganini tekshirishga imkon beruvchi ilova sifatida talqin etadi.
Bundan tashqari, ilova uni o‘rnatgan raqamlarning yagona bazasini to‘plashi sababli noma'lum raqamni aniqlovchi sifatida ishlashi mumkin.
Foydalanuvchilarning ta'kidlashicha, aslida, ilova ijtimoiy tarmoqlarni tekshiradi va tasodifiy tartibda natijalar beradi.
GetContact foydalanuvchilik shartnomasida ochiq ko‘rsatilganki, ishlab chiquvchilar axborotdan foydalanishi va uni uchinchi shaxslar bilan bo‘lishish huquqiga ega. Masalan, ilova raqamlar ro‘yxati, telefon raqamlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, elektron pochta, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar yozuvlariga kirishi mumkin.
Ma'lum bo‘lishicha, ishlab chiquvchilar ma'lumotni o‘g‘irlaydi. AQShdagi App Store’da u o‘nlab salbiy izohlarga ega, ularda ilova kontakt ma'lumotlarini o‘g‘irlagani aytiladi. Fevral oyi boshida ilova Qozog‘istonda bloklab qo‘yildi.