O‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan shaxslar ushlandi 

O‘zbekiston 14:07 / 27.03.2024 6349

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi 20 yoshli Yu.O. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 2 525 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sho‘rchi tumanida yashovchilar 18 yoshli M.B. hamda 24 yoshli E.M. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, M.B. va E.M. jabrlanuvchi Yu.Oga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 2 525 000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.B. va E.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: