Nissan’ning haydovchisiz taksilari sinovdan o‘tkazila boshlanadi

Fan-texnika 23:40 / 24.02.2018 4007

Nissan avtomobilsozlik kompaniyasining ma'lum qilishicha, kompaniya yaqin orada o‘zining haydovchisiz taksisi va Easy Ride servisini sinovdan o‘tkaza boshlaydi. Servis uchun dasturni Pokemon Go o‘yini va geolokatsiyani qo‘llashga asoslangan boshqa loyihalarni yaratgani bilan ma'lum bo‘lgan DeNA kompaniyasi ishlab chiqqan.   

Xizmatdan Yaponiyaning Iokogama shahri aholisi foydalana oladi. Ular 5 martdan boshlab haydovchisiz taksida Nissan’ning bosh qarorgohidan Yokohama World Porters savdo markazigacha sayr qila olishadi. 

Ma'lum qilinishicha, safar chog‘ida yo‘lovchilar Easy Ride dasturini baholab, uning turli funksiyalarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Dastur ovozli va matnli buyruqlarni tushuna oladi va shu sababli avtomobilga ayni vaqtda nima qilish kerakligini buyurib, qulay harakatlanish mumkin. Mashina o‘zi musiqa yoqadi yoki mijozni supermarketdagi (gap Yokohama World Porters haqida ketmoqda) chegirmalar haqida xabardor qiladi. Bundan tashqari, dastur safarlarning narxini hisoblay oladi. 

Avtopilot va dastur yaratuvchilarining aytishicha, sinov davri bir necha hafta davom etadi. Bu vaqt ichida zarur ma''lumot to‘planishi ko‘zda tutilmoqda. Bu ma'lumotlardan boshqa sinovlarni o‘tkazishda va dasturiy ta'minotni takomillashtirishda foydalanish mumkin bo‘ladi. Nissan taksi xizmatini 2020 yilgacha – Tokioda yozgi Olimpiadagacha yo‘lga qo‘yishga umid qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: