Olimlar birinchi marta smartfonni 4 metrlik masofadan quvvatlantirishdi

Fan-texnika 14:35 / 23.02.2018 7583

Simsiz texnologiyalar so‘nggi vaqtda ancha ilgarilab ketdi. Agarda 15 yil avval ma'lumotlarni uzatish uchun infraqizil port qo‘llanilgan bo‘lsa, endi Wi-Fi va Bluetooth yordamida biz smartfonlarimizdagi simlarni esdan chiqarmoqdamiz. «Simli davr»ning so‘nggi tayanch nuqtasiga uyali telefonlar yasalganidan beri o‘zgarmagan quvvatlantirish qurilmasi aylandi. Simsiz quvvatlantirish qurilmalari devaysni zaryadkaga bevosita olib borishni talab etsa hamki, bularning bari IK-port orqali ma'lumot uzatishni eslatib yuboradi. Biroq Vashington universitetidan bo‘lgan mutaxassislarning ko‘rsatishicha, ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Ular smartfonni 4 metrlik masofadan quvvatlantira olishdi.

Bunda oddiy batareyadan foydalanildi, faqat u smartfondan tashqariga chiqarib qo‘yildi, sababi bu yangi texnologiyaning dastlabki sinovi edi. Batareyaning o‘ziga 4,3 metrlik masofadan infraqizil diapazon lazer nuri yo‘naltirildi. Lazer 2 vatt energiyani uzatib berdi, bunda smartfon oddiy zaryadka kabi tezlikda quvvatlantirildi. 

«Bizning nurlanish manbasi zaryadka kerakligini avtomatik ravishda tanib oladi, bu zaryad yuzasi yuqori chastotali tovush signalini chiqarish tufayli ro‘y beradi. Bunday tizim nur chiqaruvchiga foydalanuvchi smartfonni zaryad yuzasiga qo‘yganini payqashga kerak, bunda istalgan narsa yuzaga aylanishi mumkin – stoldan to kichik gilamchaga qadar. Buning ustiga bunday yuzalar bitta bo‘lmasligi ham mumkin, uni deyarli barcha joyda qo‘llash ehtimoli bor», - deya aytib o‘tdi tadqiqot mualliflaridan biri Vikram Yeyyer.

Foto: Hi-News

Lazerning o‘zi ancha kutilmagan holda qilingan: nur atrofida to‘rtta «dastlabki nurdan» iborat joy bor, ular batareya atrofidagi maxsus yuzadan aks etadi. Agarda kimdir yoki nimadir nurga xalaqit bersa, birinchi navbatda bu «dastlabki nurlar»ga tegishli bo‘ladi, bu signal uzatilishini darhol to‘xtatadi hamda lazer hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi. To‘siq yo‘q bo‘lganda esa – tizim o‘z ishini davom ettiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: