Dunyoda birinchi marta 5G standartidagi qo‘ng‘iroq amalga oshirildi

Fan-texnika 15:30 / 23.02.2018 19856

Vodafone transmilliy uyali aloqa operatori va Xitoyning Huawei telekommunikatsiya giganti 5G standartida birinchi mobil qo‘ng‘iroq amalga oshirilgani haqida xabar berdi. Vodafone’ning Kataloniya hamda Aragondagi bo‘linmasi rahbari Albert Buksade Barselonadan Madriddagi kompaniya ofisiga 5G New Radio beshinchi avloddagi aloqa texnologiyasidan foydalangan holda qo‘ng‘iroq qildi.

Kompaniyalar xabariga ko‘ra, ma'lumotlar uzatish tezligi 2 Gbit/s.dan oshdi, to‘xtab qolgan vaqt 10 ms.ni tashkil etdi. Qo‘ng‘iroq chog‘ida 4G va 5G’ning ikkilamchi birlashmasi qo‘llanildi. Videoaloqa sinovi ham muvaffaqiyatli yakun topdi. Sinov vaqtida Huawei tomonidan taqdim etilgan Radio Access Network (RAN) qurilmasidan foydalanildi.

«Bu 5G birinchi ulanishi amalga oshirilishi Vodafone va Ispaniyaning mobil texnologiyalardagi yetakchi pozitsiyalaridan dalolat beradi. Mobil tarmoqlarning kengayishi – raqobatbardoshlikni mustahkamlash va mamlakatni raqamlashtirish uchun juda muhim omil», - deya izoh berib o‘tdi Vodafone’ning Ispaniya bo‘linmasi rahbari Antonio Koimbra.

5G Huawei loyihasi rahbari Yan Chaobinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaqin kelajakda Vodafone bilan birgalikda 5G tarmog‘ini tijoriy maqsadda sinovdan o‘tkazishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda Newsweek.

Ko‘proq yangiliklar: