Daimler eActros elektr yuk mashinasini qachon ishlab chiqarishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 15:00 / 23.02.2018 7959

Daimler konserni vakillari Shtutgartda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida Actros yangi og‘ir elektrfurasi tasvirini namoyish etishdi. Uni uch yildan so‘ng keng ko‘lamda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Yuk mashinasi 18 dan 25 tonnaga qadar og‘irlikda bo‘ladi va bir quvvatda 200 kilometr masofa bosib o‘tishi mumkin.

Yuk mashinalar umumiy quvvati 250 kVt bo‘lgan ikkita elektr dvigatel hamda hajmi 240 kVt.s.lik ikkita akkumulyator bilan jihozlanadi, ulardagi quvvat sikli 3 dan 11 soatgacha bo‘ladi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, yuk mashinalar shahar chetida narsalarni olib o‘tish uchun qo‘llaniladi, sababi ularning yurish masofasi shaharlararo reyslarga yetmaydi, biroq ular kuzovda bir vaqtning o‘zida 11,5 tonna yukni olib o‘tishi mumkin, bu esa bugungi kunda elektr yuk mashinalar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ladi.

Foto: Hi-News
Foto: Hi-News

Avvalroq yuk mashinalarni 2020 yilga kelib ishlab chiqarish rejalashtirilgandi, biroq keyinchalik bu muddat yana bir yilga uzaytirildi. Kontsern yangi elektr yuk mashinasining narxi haqida hozircha ma'lumot bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: