Uber AQShda Express Pool qo‘shma safarlar xizmatini ishga tushirdi, unda yo‘lovchilar haydovchi olib ketishi kerak bo‘lgan bir joyda yig‘ilishi talab etiladi. Bu kompaniyaning uch yil ichidagi birinchi yangi mahsuloti, deb yozmoqda The Verge.
Avtomobilga Uber Express Pool orqali buyurtma berilganida ilova foydalanuvchidan bir necha daqiqa kutib turishni so‘raydi, bu paytda tizim o‘sha tumanda bo‘lgan va yo‘lga chiqishga otlanayotgan, boshqa foydalanuvchilar bilan ketishga rozi bo‘lgan yo‘lovchilarni hamda yaqin orada bo‘lgan haydovchini qidirib topadi. Shundan so‘ng Uber xaritada umumiy yig‘iladigan nuqtani ko‘rsatadi. Kompaniyadan aytishlaricha, «atigi bir-ikki mavzedan» o‘tish talab etiladi.
Safar yakunida haydovchi yo‘lovchilarni ular boradigan joydan piyoda yurishda bir necha daqiqa ketadigan masofada qoldiradi, deyishmoqda Uber’dan.
Kompaniya yangi xizmatni 2017 yilning noyabridan San-Frantsisko va Bostonda sinovdan o‘tkazdi. 21 fevraldan esa u Vashington, Los-Andjyeles va AQShning boshqa yirik shaharlarida taqdim etildi. Express Pool boshqa davlatlarda ham taqdim etilishi haqida hozircha hech narsa ma'lum emas.