Pyongchang-2018. Biatlonda super sensatsiya kuzatildi. Domrachyova olimpiada rekordini o‘rnatdi

Sport 18:22 / 22.02.2018 13255

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpida o‘yinlarining eng ommaviy sport turi sanalgan biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasida estafeta bahslari bo‘lib o‘tdi.

6 km masofadan to‘rt nafar sportchi ishtirok etgan poygada olimpiadalar tarixida kuzatilmagan natija qayd etildi. Belarus terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta jamoaviy poygada oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Nadejda Skardino, Irina Krivko, Dinara Alimbekova va Darya Domrachyovadan iborat tarkib barcha raqiblarini ortda qoldirib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi bo‘lib marraga Shvetsiya terma jamoasi qizlari yetib kelgan bo‘lsa, Fransiya bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning mutlaq favoriti sanalgan Germaniya terma jamoasi esa uchta jarima aylanasi hisobiga bor-yo‘g‘i 8-o‘rinni egalladi.

Bu g‘alaba Darya Domrachyovaning olimpiadalardagi 4-oltin medali bo‘ldi va bu natija orqali «Belarus qahramoni» ayollar o‘rtasida olimpiadada to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi.

Foto: AP

 

Ko‘proq yangiliklar: