Facebook va Instagram bilan bog‘liq muammo butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan

Fan-texnika 20:10 / 22.02.2018 6105

Bugun, 22 fevral kuni o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari  ma'lum vaqt davomida Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga kira olishmadi. 

Bunday muammo kunning birinchi qismida, Toshkent vaqti bilan soat 11:20da Rossiya, Polsha, Daniya, Shvetsiya va Filippinda kuzatildi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da O‘zbekistonda ham uzilish kuzatila boshlandi. Xuddi shu vaqtda AQSh, Fransiya, Rossiya, Ispaniya va Yaponiyadagi internet foydalanuvchilari Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi nosozliklardan shikoyat qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: