Singapur, Indoneziya va Malayziyadan kelgan 60 dan ziyod sayyoh Toshkent aeroportida kutib olindi

O‘zbekiston 15:13 / 21.02.2018 10924

Singapur-Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti mamlakat bo‘ylab sayohat qilish uchun viza rasmiylashtirmasdan kelgan bir guruh sayyohlar bilan I.Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.

Aeroportda sayyohlarni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi xodimlari va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi vakillari bilan birgalikda kutib olib, esdalik sovg‘alar topshirishdi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish marosimida ishtirok etgan OAV vakillari bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida ushbu safarning tashkil etilishi, MAK samolyoti sahnida va aeroportda taqdim etilgan xizmatlar yuqori darajadaligini, shuningdek, o‘zbek xalqi o‘z mehmondo‘stligi bilan ajralib turilishini ta'kidlashdi. Ular O‘zbekistonda sayyohlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholashdi hamda joriy etilgan vizasiz rejim mamlakatga sayyohlar oqimini oshirishiga ishonch bildirib, sayyohlarga O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berganligini ta'kidlashdi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

O‘zbekistonga vizasiz bir haftalik safar bilan kelgan sayyohlar Buxoro va Samarqandga, shuningdek, Chimyon tog‘larida joylashgan dam olish maskaniga tashrif buyurib, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishadilar.

Ko‘proq yangiliklar: