Hindistonning Tata kompaniyasi Yevropada yangi modelini taqdim qiladi

Fan-texnika 23:07 / 20.02.2018 6788

Hindistonning Tata avtomobilsozlik kompaniyasi Jyeneva motorshousida yana ishtirok etadi. Kompaniya Shveytsariyada o‘tadigan nufuzli ko‘rgazmani o‘tkazib yubormaslikka harakat qiladi. Hindlar 1998 yildan beri avtosalonda o‘zlarining kontseptlarini namoyish qilib keladilar. O‘tgan yil mahalliy OAVda 2018 yilda Tata Jyenevaga bormasligi haqida gaplar paydo bo‘lgan. Biroq avtosalonning tizeri bu ma'lumotlarni rad etadi. 

Kompaniya Jyenevada taqdim qiladigan yangi kontseptning nomi oshkor qilinmagan, uning ko‘rsatkichlari ham sir saqlanmoqda. Hind jurnalistlari Tata Jyenevada o‘zi yaratgan AMP (Advanced Modular Platform) platformasida qurilgan sedanni namoyish qiladi, deb hisoblashmoqda.  

Kontseptning suratlariga ko‘ra, ushbu 4 eshikli mashinaning tashqi ko‘rinishi Tata’ning yangi uslubi Impact Design 2.0 uslubida bajarilgan. Kontsept 2 yildan keyin seriyali ishlab chiqariluvchi sedanga aylanishi kutilmoqda. U Hindistonda Maruti Suzuki Ciaz va Honda City’ga raqobat tashkil qiladi. 

Foto: Tata 45X

Kontseptning sotuvga chiqariladigan versiyasi motorlari orasiga 1,2 litrli benzin dvigatel va 1,5 litrli turbodizel kirishi mumkin. Bundan tashqari, xaridorlarga mashinaning gibrid yoki to‘liq elektr variantlari taklif qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: