Ferrari’ning yangi superkari ilk taqdimotigacha oshkor qilindi

Fan-texnika 19:59 / 20.02.2018 13836

Autocar yapon nashri ixtiyorida Ferrari’ning yangi superkari – 488 modelining eng ekstremal versiyasining ilk rasmiy suratlari va u haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Yangi mashina Pista deb nom oladi, u italyanchadan tarjima qilinganda “trek” ma'nosini anglatadi.

Foto: autocar.co.uk

Ferrari 488 Pista 721 ot kuchiga va 770 Nm aylantirish lahzasiga ega 3,9 litrli, 8 silindrli motor bilan jihozlanadi. Bu 488 model motoridan 10 ot kuchiga ko‘proqdir. Shu tariqa, yangi mashina Ferrari tarixidagi 8 silindrli motor bilan jihozlangan eng kuchli mashina bo‘ladi.

Foto: autocar.co.uk

Kupening og‘irligi modelning oddiy versiyasidan 90 kg yengilroq bo‘lib, 1280 kg ni tashkil qiladi. Mashina og‘irligini kamaytirish uchun unda kompozit materiallar ko‘proq qo‘llanadi. Jumladan, mashinaning kapoti, tomi, bamperlari, orqa spoyleri, intererining ba'zi elementlari, xususan old panel karbondan tayyorlanadi. Bularga qo‘shimcha ravishda avtomobilda yangi kuzov osma detallari qo‘llanadi, ular evaziga mashinaning aerodinamik ko‘rsatkichlari 20 foizga yaxshilanadi.

Foto: autocar.co.uk
Foto: autocar.co.uk

488 Pista 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erishadi.

Mashinaning ilk taqdimoti mart boshida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Superkarning narxi taxminan 300 ming dollardan boshlanadi.

Foto: autocar.co.uk

 

Ko‘proq yangiliklar: