Jyenevada ilk seriyali uchar avtomobil taqdim qilindi 

Fan-texnika 11:35 / 07.03.2018 11717

Niderlandiyaning PAL-V kompaniyasi Jyenevadagi avtosalonda ilk seriyali uchar avtomobil Liberty’ni taqdim qildi. Mashina ikki yo‘lovchi va 20 kg gacha yuk tashiy oladi. Taxmin qilinishicha, aerokar zarur sertifikatlar olingandan keyin 2019 yilda mijozlarga yetkazila boshlanadi.  

PAL-V Liberty kuch qurilmasi sifatida ikkita Rotax aviatsion dvigateli olingan. Motorning yerda yurganida quvvati 100 ot kuchini tashkil qiladi. Mashinaning 100 km/soat tezlikka erishishiga 9 soniya talab etiladi, maksimal tezligi 160 km/soatni tashkil qiladi. Liberty yoqilg‘i baki to‘la bo‘lganda 100 km ga o‘rtacha 7,6 litr yoqilg‘i sarflagan holda 1315 km yo‘l bosa oladi.

Foto: PAL-V/Liberty
Foto: PAL-V/Liberty
Foto: PAL-V/Liberty
Foto: PAL-V/Liberty

Mashinaning parvoz rejimi motor quvvatiini 200 ot kuchigacha oshiradi. Mashina soatiga 180 km tezlik bilan 3,5 ming metrgacha balandlikda ucha oladi. Uchar mashina havoga ko‘tarilishi uchun 330 metrlik to‘g‘ri yo‘l kerak bo‘ladi. Mashina havoda 4,3 soat bo‘la oladi va 500 km masofa uchib o‘ta oladi.

Mashinaga buyurtma berish uchun 2,5 mingdan 25 ming dollargacha depozit (versiyasiga ko‘ra) kiritish lozim. Agar 10 ming yoki 25 ming dollar to‘lansa, yetkazib berishda ustuvorlik hamda mashinani boshqarish bo‘yicha 10 ta dars olish imkoniyati beriladi. Avvalroq aerokarning bazaviy versiyasi narxi 299 ming dollarni tashkil qilishi ma'lum qilingan. 

Foto: PAL-V/Liberty
Foto: PAL-V/Liberty
Foto: PAL-V/Liberty

PAL-V Liberty‘ning ilk modifikatsiyasi maxsus Pioneer Edition versiyasi bo‘ladi. Kompaniya hammasi bo‘lib 90 ta shunday mashina ishlab chiqarmoqchi. Shundan keyin hamyonboproq Sport versiyasi sotuvga chiqadi.

Uchar mashinalarni yaratish bilan yirik kompaniyalar ham shug‘ullanmoqda. Ular orasida Airbus, Boeing va Toyota bor. Biroq bu borada eng taniqli loyihalar Slovakiyaning AeroMobil, Germaniyaning Carplane va AQShning Terrafugia startaplari hisoblanadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: