Tesla Kanadaning sharqiy viloyatlaridan biri – Yangi Shotlandiyadagi Elmsdeyl shaharchasida energiyani saqlash va taqsimlash tizimi Intelligent Feeder Project’ni ishga tushirmoqda. Kompaniya buning uchun energiya saqlovchi Powerwall va Powerpack tizimlarini o‘rnatdi. Qurilmalar shamol generatori ishlab chiqaradigan energiyaning ortiqcha qismini saqlab, uni Powerwall batareyalari bilan jihozlangan mahalliy uylarga jo‘natadi. Ushbu tizim fevralda ishga tushirilib, bir yil davomida sinaladi.
Powerpack energiya saqlash tizimlari mahalliy podstansiyada o‘rnatiladi. U Elmsdeyl yonidagi Xardvud Lends aholi punktidagi shamol turbinasi ishlab chiqaradigan energiyaning ortiqchasini zaxiralaydi. Elektr energiya zaxiralari mahalliy uylarga yetkaziladi. Ortiqcha energiya elektr uzatishdagi uzilishlar vaqtida hamda shamol generatori kamroq energiya ishlab chiqarganda ishlatiladi.
Loyiha mahalliy elektr ta'minoti kompaniyasi Nova Scotia Power tomondan boshqariladi. Tizimga 300 uy ulanadi, biroq ulardan 10 tasigina Tesla Powerwall 2 tizimidan foydalana oladi. Ta'kidlanishicha, tajribani katta ko‘lamli deb bo‘lmaydi. Biroq ushbu loyiha kompaniyaga o‘zining ishlanmalarini qishloq sharoitlarida sinovdan o‘tkazishga imkon beradi.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, Nova Scotia Power kompaniyasi Powerpack batareyalarini viloyatning boshqa aholi punktldarida ham o‘rnatadi.