Facebook Rossiya tufayli reklama ustidan nazoratni kuchaytiradi 

Fan-texnika 08:15 / 19.02.2018 4163

Facebook reklama xarid qiluvchilar uchun qo‘shimcha testlarni joriy qiladi. Bu Rossiya feyk hamda puli to‘langan yangiliklar yordamida 2018 yildagi AQSh kongressiga saylovlar jarayoniga aralashishi mumkin ekani bilan bog‘liq xavotirlar tufayli yuz beradi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

AQSh kongressiga saylovlar uchun nomzod bo‘lgan shaxslar nomi zikr etilgan reklama postini joylashtirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar qo‘shimcha testdan o‘tishi kerak – tasvirdan avtomatik o‘zgaruvchi maxfiy so‘zni kiritish. Bu reklamani xarid qilishni davom ettirish uchun shart. Facebook vakillarining fikricha, shu tariqa ular ijtimoiy tarmoqni reklama postlarini e'lon qiluvchi botlardan himoya qilishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘shimcha tekshiruv 2018 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar vaqtida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya vakillari Facebook va Instagram’da Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 3 mingga yaqin reklama posti aniqlangani haqida xabar berishgandi. Ularning bari AQShda 2016 yildagi prezidentlik saylovlaridan biroz avval hamda undan keyin e'lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: