Tibetda YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan obekt yonib ketdi

Jahon 09:24 / 18.02.2018 7863

Tibet muxtor tumani poytaxti Lxasada joylashgan, YuNeSKO jahon madaniy merosi obekti hisoblanuvchi Jokang butxonasiga o‘t ketdi. Bu haqda “Sina” portali xabar bermoqda

Yong‘in 17 fevral kechasi boshlangan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqdalar. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Yong‘in murakkabligi darajasi nisbatan og‘ir deya baholangan. Ta'kidlanishicha, butxona tomiga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga Tibet partiya qo‘mitasi kotibi U Intsze yo‘l olgan.

Qurilishi 639 yilda boshlangan Jokang butxonasi Lxasaning diniy markazi va Tibetdagi eng muqaddas joy hisoblanadi. Bu yerga ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlar keladi. Butxona Dalay-lamaning sobiq qarorgohi – Potala saroyidan bir kilometr uzoqda joylashgan. Butxonada ko‘plab qimmatli yodgorliklar, jumladan Tibet buddaviyligida eng qadrlanuvchi Shakyamuni buddasi haykali bor.

Butxona 2000 yilda YuNeSKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: