Sharjada avtoturargohlar raqamli nazorat ostiga olinadi

Fan-texnika 20:30 / 18.02.2018 6447

Endi Sharjada jamoatchilik joylaridagi avtoturargohlarda to‘lovdan qochib qutulib bo‘lmaydi, zero yangi raqamli skanerlovchi transport vositasi endi inspektsion tashkilotlarga yordam berish uchun bu hududlarni nazoratga oladi. GulfNews shu haqida xabar berdi. 

Sharja munitsipaliteti amirlikdagi turargohlar muammolarini hal qilish uchun mintaqadagi ilk raqamli skanerlovchi avtomobilni qo‘lga kiritdi. 

Avtomobil inspektorning vaqti va kuchini tejab, bir soatda 3 mingdan ziyod avtomobilni skanerlay oladi. 

Yangi avtomobil BAAda davom etayotgan Innovatsiyalar oyi tantanalarida namoyish qilindi. 

Foto: Sharjah Municipality

Sharja munitsipalitetidagi Jamoatchilik joylaridagi avtoturargohlar departamenti direktori Ali Ahmad Abu G‘aziyonning aytishicha, yashil-oq raqamli skanerlovchi avtomobil tomida maxsus nazorat mobil kamerasi o‘rnatilgan, bu inspeksiya olamida yangilik hisoblanadi. Avtomobil murakkab tizimlar bilan bog‘liq maxsus funksiyalar va raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan.

Raqamli transport vositasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lib,  yaqin haftalar ichida barcha hududlarda ishga tushadi, deydi Abu G‘aziyon. 

Sharjadagi Innovatsiyalar oyiga payshanba kuni start berilgan bo‘lib, u chorshanbaga qadar (21 fevralgacha) davom etadi. 

Avtomobilga o‘rnatilgan kamera transport vositalarining avtomobilni biror joyga qo‘yganlik uchun pul to‘lagan yoki to‘lamaganligini nazorat qiladi. Bu ish odatda inspektorlar tomonidan bajariladi. Endi Sharjadagi avtoturargohlarni yanada sifatli nazorat qilish uchun ikki usul ham qo‘llanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: