Rojyer Federer navbatdagi musobaqada g‘olib bo‘ldi

Sport 23:35 / 18.02.2018 4943

Shveytsariyalik afsonaviy tennischi Rojyer Federer ATPֹ’ning Rotterdamdagi musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqada 1-raqamli tennischi sifatida harakat qilgan Federer finalda bolgariyalik Grigor Dimitrovni (2-raqamli tennischi) 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

19 fevralda Federer ispaniyalik Rafael Nadalni “taxt”dan tushirib, ATP reytingining eng yoshi ulug‘ yetakchisiga aylanadi. 

16 fevralda tennischi musobaqaning chorak finalida uchta setda niderlandiyalik Robin Xasni mag‘lub etgach, 19 fevralda e'lon qilinadigan ATP’ning yangi reytingida o‘ziga eng yuqori pog‘onani kafolatlab qo‘ygandi. Shu tufayli tennischiga “Tarixdagi eng keksa 1-raqamli” unvoni topshirildi.

Federer umumiy hisobda ATP’ning 97 ta musobaqasida g‘olib bo‘lgan. U, jumladan, “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: