ASUS kompaniyasi iPhone X'ga juda o‘xshash yangi ZenFone 5 qurilmasini ishlab chiqardi. Yangi qurilma rasman Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Ko‘rgazma 26 fevraldan 1 martgacha faoliyat ko‘rsatadi.
iPhone X'ga o‘xshash smartfon suratlari internetda paydo bo‘ldi. Albatta, qurilmani Apple mahsulotining nusxasi deb bo‘lmaydi, biroq tashqi ko‘rinishida o‘xshashlik ko‘p.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ZenFone 5 (2018) sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori bilan ta'minlangan. U 4/6 Gb operativ va 64 Gb flesh-xotiraga ega. Qurilma Android 8.0 Oreo operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.