Dibala «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda yordam berolmaydi

Sport 17:30 / 13.02.2018 6367

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala katta ehtimol bilan Chempionlar ligasining chorak finalida «Tottenhem»ga qarshi kechadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Football Italia xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchm bel qismidan olingan jarohatdan tuzalib, umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga kirishgan bo‘lsada, u bugungi o‘yin zayavkasiga kiritilmagan.

Dibalaning o‘rnini «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda «Yuventus» yoshlar jamoasi a'zosi, 19 yoshli Simone Muratore egallaydi.

Londonliklarga qarshi o‘yinni turli sabablarga ko‘ra, Xuan Kuadrado, Benedikt Xevedes, Andrea Bardzali va Blez Matyuidi ham o‘tkazib yuborishadi. 

O‘yin zayavkasiga «Yuventus» himoyachisi Shtefan Lixtshtayner ham kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: