Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan tuzilgan energetika sohasidagi bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston 20:01 / 12.02.2018 16388

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida 2017 yilning sentabrida Toshkentda imzolangan energetika sohasidagi ba'zi masalalarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Hadli bitim tasdiqlandi.

Endi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani va uni amalga oshirish yuzasidan vakolatli mas'ul organ to‘g‘risidagi tegishli bildirshnomani yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari - "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.A.Sultonov zimmasiga yuklangan.

Ko‘proq yangiliklar: