«Monako» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Nitstsa» yutqazdi

Sport 12:50 / 11.02.2018 5760

Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan «Monako» mehmondan ishonchli g‘alaba bilan qaytdi.

«Anjyer» uyiga safar uyushtirgan monegaskliklar Stefan Yovetichning dubli Rajji va raqib avtogoli evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada jamoa ochkolari sonini 53taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Yevrokuboklar uchun kurashni davom ettirayotgan «Nitstsa» mag‘lubiyatga uchrab, 8-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, «Monpele» va «Bordo» bundan unumli foydalandi va g‘alabalari evaziga mos ravishda 5 va 7-o‘rinlarga ko‘tarilib oldi.

Fransiya 1-ligasi, 25-tur

Anjyer – Monako 0:4 (0:2)
Gollar: 
Byutel (10, avtogol), Yovetich (30, 65), Rajji (71).
Anjyer: Byutel, Bamba, Traore, Toma, Andre, Santamariya, Fyuljyeni (Ketkeofomfon, 63), Oniange (Ture, 85), Mangani, Kapel (Ren-Adeled, 72), Toko-Ekambi.
Monako: Si, Sidibe (Ture, 86), Glik, Jyemerson, Rajji, Tilemans, Fabino, Lopesh (Gezzal, 74), Moutinyu, Diakabi (Lemar, 64), Yovetich.
Ogohlantirish: Toma (13).

Dijon – Nitstsa 3:2 (0:0)
Gollar: 
Tavaresh (61, 78, penalti), Kvon Chang Xun (84) – Le-Melu (64), Plea (67).
Dijon: Rene, Roze (Shafik, 75), Yambere, Jiloboji, Xaddadi, Balmon (Kvon Chxan Xun, 70), Abed, Amalfitano, Said, Tavaresh, Sliti (Janno, 75).
Nitstsa: Benites, Marlon, Dante, Sarr, Koli, Le-Melu, Tamez (Sipren, 75), Seri (Sako, 88), Srarfi (Sent-Maksimen, 64), Balotelli, Plea.
Ogohlantirishlar: Jiloboji (33), Dante (42), Balotelli (74), Marlon (80), Amalfitano (80).

Bordo – Amen 3:2 (2:0)
Gollar:
 Kunde (31), Lerager (39), Kamano (78) – Mendosa (79), Kakuta (90).
Bordo: Kostil, Sabali, Kunde, Pablo, Pundjye, Lerager, Otavio (Sankare, 71), Meyte, Malkom (Bess, 84), Labord (Kamano, 70), Breytueyt.
Amen: Gyurtner, El-Xadjam, Guano, Adenon, Dibassi (Manzala, 81), Avelar, Fofana, Ngosso (Konate, 53), Monkondyui (Bodmer, 86), Kakuta, Mendosa.
Ogohlantirish: Monkondyui (50).

Metts – Monpele 0:1 (0:1)
Gol:
 So (24).
Metts: Kavasima, Baliu, Selimovich (Nyan, 72), Diane, Nyaxate, Palmeri, Molle, Mandjyek (Milichevich, 38), Koad, Ru, River.
Monpele: Lekomt, Mukiyele, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Agilyar, Mbenza (Ninga, 78), Skiri, Lasn, Dolli (Sambiya, 73), So (Kamara, 87).
Ogohlantirishlar: Mukiyele (26), Mandjyek (37), Palmeri (75).

Gengam – Kan 0:0
Gengam:
 Yunsson, Ikoko, Kerbra, Eboa-Eboa, Reboshu, Firi, Blas, Koko (Dido, 84), Grene (Tyuram, 65), Beneze (Ngbakoto, 66), Brian.
Kan: Verkutr, Jyenevua, Da Silva, Djiku, Gilber, Fere, Ait-Bennasser (Sanko, 18), Peters, Avunu, Krivelli (Santini, 75), Rodelen.
Ogohlantirishlar: Brian (34), Sanko (56), Jyenevua (87).

Ko‘proq yangiliklar: