Ulkan kobra va bo‘g‘ma ilonning olishuvi ikkisi uchun ham ayanchli yakunlandi (foto)
Dunyodagi eng yirik zaharli ilon – qirol kobrasining eng yirik ilon – bo‘g‘ma ilon bilan olishuvi ikkisi uchun ham ayanchli yakunlandi. Olishuvda ilonlardan hech biri omon qolmadi. Ushbu olishuvning ayanchli yakuni tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda jadal tarqaldi.
Ushbu surat Imgur portalida joylashtirilgan. Surat muallifining aytishicha, u Janubi-Sharqiy Osiyoda olingan. Surat 250 mingdan ko‘proq marta tomosha qilingan va 7 mingdan ko‘proq “layk” to‘plagan. Suratga izoh berganlarni nafaqat o‘lik ilonlar, balki atrofdagi chiqindilar ham hayratga solgan.

“Ko‘p tabiat va ko‘p plastik. Zamonaviy hayot afsuski shunday”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.
“Menga shu yerga bormasligim uchun uning aniq manzili kerak”, deb hazil qilgan yana bir foydalanuvchi.
Mavzuga oid

21:21 / 22.01.2025
Bog‘chada kobra bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi

18:14 / 10.06.2024
Indoneziyada besh metrlik bo‘g‘ma ilon ayolni butunlay yutib yubordi

01:01 / 09.11.2018
Floridada rekord o‘lchamdagi bo‘g‘ma ilon o‘ldirildi

08:17 / 19.05.2018