Apple "aqlli" kolonka sotuvlariga start bermoqda

Fan-texnika 14:28 / 24.01.2018 5562

2017 yilning dekabrida start olishi kerak bo‘lgan Apple'ning HomePod "aqlli" kolonkalari sotuvlari 9 fevralda boshlanadi. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi. 

Apple bu qurilmani o‘tgan yilning iyunidayoq Amazon'ning  Echo va Alphabet'ning Google Home kolonkalariga raqib sifatida namoyish qilgandi. Biroq noyabr oyida kompaniya uning sotuvlari biroz kechiktirilishi haqida e'lon qildi, buning sabablari esa oshkor etilmadi. 

Seshanba kuni Apple korporatsiyasi 9 fevraldan HomePod'ni AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyada sotib olish mumkinligi haqida ma'lum qildi. Dastlabki buyurtmalar esa 26 yanvardan qabul qilinadi.

Foto: Apple 

Fransiya va Germaniyada HomePod bahorga borib sotuvga chiqadi.

Qurilma musiqa qo‘yishdan tashqari, o‘z egasi bilan muloqot qilishi, ovozli xabarlar yo‘llashi, rejadagi ishlarni yodga solishi va ertalab uyqudan uyg‘otuvchi funksiyasini bajarishi mumkin. HomePod AQShda 349 dollarga sotiladi.

Foto: Apple 

Apple ikki yil ichida ikkinchi marta audio-aksessuarlar bilan bog‘liq qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Bundan avval kompaniya AirPods quloqchinlari sotuvini kechiktirgandi. 

Kompaniyaning aksiyalari seshanba kuni 1,1 foizga qimmatlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: