Markaziy harbiy gospital oshxonasi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida kapital ta'mirdan chiqqan oshxonaning tantanali foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromov, gospital tibbiy personali ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ta'mirlash va qayta jihozlash ishlariga 2 milliard 150 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shundan 850 million so‘mga 40 ta zamonaviy ovqat tayyorlash va saqlash uskunasi olib kelingan. Oshxonada bir vaqtning o‘zida 600 kishiga parhez taomlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Bundan tashqari, oshxonada autsorsing tizimi joriy etilgan bo‘lib, unda “Bunyod baraka biznes” xususiy korxonasi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, ularga ishlov berish, taom tayyorlash va bemorlarga yetkazib berish jarayonlarini amalga oshiradi.
Mazkur oshxonada oziq-ovqat maxsulotlariga ishlov berish, ularni saqlash va taom tayyorlash uchun alohida joylar ajratilgan bo‘lib, taomlarning sifatini saqlash uchun yuqori texnologik jihozlar va idish-tovoqlardan foydalaniladi.
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi

01:39 / 01.01.2025