Tadbir “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida, harbiy orkestr va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlandi.
Shundan so‘ng harbiy bo‘linmalar jangovar qo‘shiqlari ila piyoda yurishni boshladi.
Marsh yo‘nalishi quyidagicha bo‘ldi: G‘alaba bog‘i (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – “Magic City” majmuasi (Furqat ko‘chasi).
Magic City'dagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tadbir fotosuratlarini taqdim etdi.