Kosmetika vositasi reklamasi ilk bor hijobli ayolga ishonib topshirildi

Foto: Twitter/Amenaofficial
Britaniyalik byuti-bloger Amina Xon sochlar parvarishi uchun kosmetika liniyasini reklama qilishga taklif qilingan birinchi hijobli ayol bo‘ldi. Fashionista shu haqida xabar berdi.
Xonning YouTube'da 320 000 obunachisi, Instagram'da esa 570 000 folloveri bor. U o‘zining Ardere Cosmetics kosmetika brendini yo‘lga qo‘ygan. Tez orada u L'Oréal Paris sochlarni parvarish qilishga mo‘ljallangan liniyaning Buyuk Britaniyadagi "yuzi"ga aylanadi.
Amina Xonning vazifasiga The Pink One'ning sochlar jilosi uchun mahsulotlar seriyasi reklamasi kiradi. "Sochlarim men uchun ayollik jozibasi timsolidir. Menga ularni parvarish qilish yoqadi, ulardan xushbo‘y hid taralib turishini yaxshi ko‘raman. Boshim ro‘mol bilan yopilgan bo‘lsa-da, sochlarimning ildizi yog‘langanda o‘zimni juda yomon his qilaman", - deydi u L'Oréal Paris kompaniyasiga taqdim etilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildirar ekan.
Mavzuga oid

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

13:37 / 27.02.2025
Hindistonda erkak film oldidan haddan uzoq reklama qo‘ygan kinoteatrni sudga berdi va yutib chiqdi

15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi

09:43 / 14.11.2024