O‘zbekistonda «Malibu-2» avtomobili 244 570 525 so‘m turadi, bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.
Spot.uz’ning xabar berishicha, kompaniya matbuot xizmati narx GM Uzbekistan direktorining 2017 yilning 29 dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq belgilanganini ma'lum qilgan.
2017 yilning aprel oyida avtomobil 210 mln so‘m turishi haqida xabarlar tarqalgandi.
O‘shanda yangi model eksterer va intererning umuman boshqacha bezagiga, zamonaviy texnik ishlanmalarga ega ekani bilan ajralib turishi ma'lum bo‘lgan.
Avtomobil hajmi 2,5 l. bo‘lgan 186 ot kuchilik dvigatel, 6 pog‘onali avtomatlashtirilgan, yangi avloddagi transmissiya bilan jihozlangan.