Aftidan, avtomobillardagi panoramali tomlar ishqibozlari uchun keyingi daraja - tomning panoramali ekrani bo‘ladi. Uning mohiyati o‘sha-o‘sha, biroq shisha ifloslanishi yoki kechki payt yulduzli osmonni ko‘rish uchun yaxshi bo‘lmasligi borasida endi xavotir olmasa bo‘ladi. CES ko‘rgazmasida taqdim etilgan Samsung va Harman’dan ekran yo‘lovchilar boshi uzra barcha narsani joylashtirish imkonini beradi.
Tom Samsung Harman’ni 8 milliard dollarga sotib olganidan keyin amalga oshirilgan qo‘shma ishlarning natijasi bo‘ldi. Kompaniyalar bir vaqtning o‘zida ko‘ngilochar narsalar va avtomobilni boshqarish uchun butunboshli ekotizim yaratishi kerak bo‘lgan bir nechta multimediyali gadjyetlarni namoyish etdi. Ularning orasida - butunlay raqamli yirik markaziy konsol va yo‘lovchilar uchun alohida displeylar, imo-ishoralar hamda ovozni farqlab olish tizimlari ham bor. Bunday «multimediyali» avtomobillar o‘rnatilgan qurilmalar, olib yuriluvchi gadjyetlar va aqlli uylarning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Samsung va Harman muhandislari hamda dizaynerlari g‘oyasiga ko‘ra, butun tizim to‘liq ishga tushirilgan vaqtga kelib 5G standartidan barcha foydalanishi mumkin, haydovchisiz avtomobillar esa ko‘chalarni to‘ldiradi. Bu dunyoda odamlar mashinadan maxsus shinamlik va hissiyotlarni kutadigan bo‘ladi. Avtomobilni qo‘l orqali boshqarish shart bo‘lmaydi, shuning uchun bo‘sh vaqtni sarflash yanada samarali bo‘ladi. Ekranlar tizimlari, g‘aroyib tovushlar, yoritish aynan shunga javobgar bo‘ladi. Tomdagi ekran esa butun kompozitsiyani yakunlab, avtomobilda kerakli muhitni yaratadi. Harman prezidentining aytishicha, konsepsiya avtomobil ishlab chiqaruvchilarga muayyan gadjyetlarga e'tibor berishni to‘xtatib, yo‘lovchi va haydovchilar his-tuyg‘ulariga bor e'tiborni qaratishiga yordam berishi kerak.
Asosiy e'tibor shunga berilmoqdaki, ikkala kompaniya har bir avtomobilni personallashtirish imkonini taqdim etadi, bunda ularning maxsus tizimi bo‘ladi. Musiqa, yoritish, tovushlar - har bir narsa ma'lum bir odamga moslashtirib o‘rnatiladi. Harman bunga odamlar ko‘ngilochar texnologiyalarda nimani afzal ko‘rishiga qarab o‘z bilimlarini yo‘naltirmoqda, Samsung esa – texnik tajribasini. Yakunda har bir mijoz shunday avtomobilni oladiki, uni boshqarish aynan o‘sha odamga qulay bo‘ladi. Tizim barcha narsani ovoz, imo-ishoralar, teginishlar bilan nazorat qilish imkonini beradi. An'anaviy joystiklar ham qoladi. Bularning bariga smartfon integratsiya qilinadi, u ham boshqaruvning muhim elementiga aylanadi. Yagona muammo - narx. U ma'lum qilinmadi, ammo Harman multimediya tizimlari BMW, Volvo va Mercedes’dan top avtomobil vositalariga o‘rnatilgani e'tiborga olinsa, avto tomidagi ekrandan barcha ham foydalana olmasligini tushunish mumkin.