Ravon Rossiyada avtomobil sotish bo‘yicha rejasini bajara olmadi

Fan-texnika 15:35 / 13.01.2018 35229

O‘zbekistonning Ravon brendi Rossiyada avtomobil sotish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2017 yil yakunlariga ko‘ra, 21-o‘rinni egalladi. U 2017 yil boshida Rossiya avtomobil bozorida o‘z o‘rnini qaytarib olish va yil oxirigacha bir necha 10 ming avtomobil sotilishiga erishishini bildirgan edi. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida Rossiyada qancha avtomobil sotilganiga doir hisobotida shu haqda so‘z boradi. Hujjatga binoan Rossiya avtomobil bozorida yangi avtotransport vositalari savdosi 2017 yil dekabr oyida 14 foizga o‘sib, jami 166 ming 13 dona mashina sotilgan. Umuman, yanvar va fevral oylaridan tashqari qolgan 10 oy  mobaynida bozorda o‘sish kuzatilgan. 

2017 yil yakunlariga muvofiq rossiyaliklar bir yilda 1 595 737 ta mashina xarid qilgan, bu esa 2016 yilga nisbatan Rossiya avtobozori 11,9 foizga o‘sishga erishgani, ya'ni 169 ming 946 ta avtomobil ko‘proq sotilganini bildiradi. 

2017 yilda Rossiyada eng xaridorgir avtomobillar savdo belgilari Top-25 ligi 

O‘zbekistonning GM Uzbekistan alyansiga tegishli Ravon brendi eng mahsulot sotgan kompaniyalar orasida 21-o‘rinni egallagan. Ammo, uning birorta modeli eng ko‘p sotilgan Top-25 talikka kira olmagan. Ravon 2017 yilda Rossiyada jami 15078 ta avtomashinasini sotishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan yilning dekabr oyida 2100 ta Ravon markali mashinalar rossiyalik xaridorlarga yetkazib berilgan. 

Umuman dekabr yakuni bo‘yicha modellar orasida Lada kompaniyasining «Granta» rusumli mashinasi birinchi, ikkinchida «Vesta» modeli egallab turibdi. Uchinchi o‘ringa Janubiy Koreyaning Kia Rio avtomashinasi joylashgan.

Biroq «Rio» yil yakuni borasida yetakchilikni boy bermadi. Ushbu mashinadan bir yilda 96 ming 686 ta sotilgan. «Granta»dan 3 mingta kam sotilgan va ikkinchi o‘rinda. «Vesta» esa, birinchi o‘rindagi mashinadan naq 19 ming ortda. 

Ko‘proq yangiliklar: