CES 2018: Sony smartfon o‘lchamidek keladigan mobil proyektor taqdim qildi

Fan-texnika 12:02 / 12.01.2018 6082

Yaponiyaning Sony kompaniyasi CES 2018 ko‘rgazmasida ko‘plab antiqa qurilmalar va gadjyetlar namoyish qilishda davom etmoqda. Ular orasida ayniqsa proyektorlar ajralib turibdi. Yaponiyalik muhandislar devorning bevosita yonida turib, unga tasvirni proyeksiya qiluvchi 30 ming dollarlik 4K-proyektoridan tashqari, mittigina proyektorni ham taqdim qilishdi. U o‘lchami bo‘yicha zamonaviy smartfondan biroz qattaroq bo‘lsa-da, devorga 3 metrgacha kattalikdagi tasvirni tushira oladi.

Foto: Sony

Foto: Sony

Ushbu Sony MP-CD1 proyektori bor-yo‘g‘i 280 gramm keladi va 8x14x1,6 sm o‘lchamlarga ega. Proyektorning alyumin korpusi taglikka mahkam o‘rnatiladi va uni tasvir shipga tushadigan qilib ham joylashtirish mumkin. 

Foto: Sony

Proyektorga tekis sirtga 3 metr diagonallik tasvirni chiqarish uchun bor-yo‘g‘i 3,5 metrlik masofa lozim. Biroq tasvir sifati biroz pastroq – 854 na 480 pikselni tashkil qiladi. Proyektor real vaqtda tasvir yorqinligi va rangdorligini yaxshilay oladi. Agar tasvir tushirilayotgan sirt qiya bo‘lsa, unda maxsus algoritm tasvir tomonlari nisbatini u to‘g‘ri ko‘rinadigan qilib to‘g‘rilaydi. Proyektor 105 ANSI-lyumen yorqinlikda to‘liq quvvatlangan ichki o‘rnatilgan akkumulyatordan 2 soat ishlay oladi. Bonus sifatida, proyektorni mobil qurilmalarni quvvatlovchi power bank sifatida qo‘llash mumkin.

Foto: Sony

Proyektorga video va suratlar HDMI porti orqali uzatiladi. Proyektorga hattoki PlayStation 4 kabi o‘yin pristavkasini ulab, hosil bo‘lgan ulkan ekranda o‘yinlar o‘ynash mumkin. Shuningdek, proyektordagi 3,5 mm.lik port orqali unga tashqi karnay ulash mumkin. Proyektor chirog‘i qizigandan keyin ishlaydi, bunga esa 5 soniya kifoya qiladi. Qurilma bahorda 400 dollar narx bilan sotuvga chiqarilmoqchi.

Foto: Sony

 

Ko‘proq yangiliklar: