Boeing 500 funt (226 kg) yukni tashiy oladigan “ulkan” uchuvchisiz parvoz qurilmasi prototipi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda kompaniya xabarida ma'lum qilingan.
Mega-dronni yaratish ustidagi ishlar 3 oy vaqt oldi. Qurilma Boeing‘ning Missuri shtatidagi tadqiqot laboratoriyasida sinov parvozlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Dron vertikal uchishga imkon beruvchi 8 ta parrakka ega. Uning dvigateli elektr batareyalardan ishlaydi. Qurilmaning uzunligi 4,6 metrni, eni 5,5 metrni va balandligi 1,2 metrni, og‘irligi esa 340 kg.ni tashkil qiladi.