AUTO-Consulting axborot-tahlil guruhining xabar berishicha, O‘zbekistonning «Ravon» brendi avtomobili Ukraina bozorida 2017 yildagi eng ommabop avto modellari Top-10ga kirgan. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi.
Shunday qilib, AUTO-Consulting statistika ma'lumotlariga ko‘ra, Ravon R2 modeli tezkor ravishda ommalashib, bozordagi pozitsiyalarini 2016 yil bilan taqqoslaganda 55 pog‘onaga ko‘tarib olgan hamda 8-o‘rinni egallagan. 2017 yil yakunlari bo‘yicha hammasi bo‘lib 1601 ta avtomobil sotilgan.
Shu bilan birga, ma'lum qilinishicha, ko‘rsatilgan davr davomida Ukrainada 80271 avtomobil sotilgan. Xabarga ko‘ra, Ukraina bozorida KIA Sportage ketma-ket ikki yil davomida eng ko‘p sotiladigan modelga aylandi. Renault Logan va Duster reytingdagi joylarini o‘zgartirgan. Toyota Rav4 ham ancha ommalashdi.