Xitoyning noma'lum firmasi yurish zaxirasi 700 kilometr bo‘lgan elektrkar taqdim etadi

Fan-texnika 18:15 / 11.01.2018 12037

Xitoyning elektrokarlar bo‘yicha yangi ishlab chiqaruvchisi LvChi Shanghaydagi maxsus tadbirda Urano nomli kontseptual to‘rt eshikli kupeni taqdim etdi. Tovar nusxasi 2019 yilning o‘rtalarida paydo bo‘ladigan yangilik bir zaryadkada 690 kilometrga qadar yo‘l bosishi mumkin.

LvChi Urano ikkita elektrmotor bilan jihozlanadi, ularning umumiy quvvati 707 ot kuchi va 900 Nm aylanuvchi pallani tashkil etadi. «Yuzga» kupe 3,5 soniyada chiqadi. Elektrkar ham simsiz zaryadkalardan, ham ultratez zaryad stansiyalaridan quvvat olishi mumkin.

Foto: LvChi 

Kupeda yuz va ovozni farqlash moduli, raqamli qurilmalar paneli, avtomobil asosiy funksiyalarini boshqarish uchun 12,3 dyuymli displey va keng shaklli ekranga ega multimediya tizimi bor. 

Foto: LvChi 

LvChi’ning bosh ofisi Shanghayda joylashgan bo‘lib, marka dizayn-studiyasi Italiyada. Rejalarga ko‘ra, Xitoyning Chanchunida qurilayotgan zavod 2019 yilning o‘rtalariga kelib yiliga 50 mingga qadar elektrkarni ishlab chiqaradi.

Foto: LvChi 

Kompaniya 2021 yilga qadar hammasi bo‘lib sakkizta modelni chiqarmoqchi: Urano seriyali versiyasi, premium-sinfdagi sedan, ikkita krossover, miniven, o‘rta o‘lchamli sedan va ikkita siti-kar.

Ko‘proq yangiliklar: