Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi yangi avlod Forte sedanining (MDH davlatlarida Cerato brendi bilan sotiladi) dizayniga doir fotosuratlarini namoyish qildi. Mashina Koreya avtoishlab chiqaruvchisining eng kuchli va eng tez modeli – Stinger intereri va ekstererini deyarli o‘zlashtiradi.
Albatta, hozircha, yangi sedan haqida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan, deb yozmoqda Motor.ru sayti. Nikakix texnicheskix podrobnostey o chetyrexdverke v Kia Uning rasmiy taqdimoti Detroytda 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangi avlod Kia Cerato sedani MDH bozorida 1.6 va 2.0 l hajmdagi motorlar bilan sotuvga chiqariladi. Uning birinchisi 130 ot kuchiga, ikkinchisi 150 ot kuchiga teng. Mashinaga 6 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoxud 6 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.
Detroyt avtosalonida, shuningdek Kia Cerato sedanining raqobatchisi yangi avlod Volkswagen Jetta namoyish etiladi.