Apple kompaniyasi investorlar bosimi ostida bolalarni smartfonga tobelikdan himoyalash uchun ota-ona nazorati funksiyasini kiritishga rozi bo‘ldi. The Verge shu haqida xabar berdi.
iOS'ga kiritiladigan funksiya ota-onalarga ularning farzandi ayfon ekrani qarshisida qancha vaqt o‘tkazayotganini kuzatish va zarurat tug‘ilganda gadjyetdan foydalanishni cheklash imkonini beradi.
Kompaniya o‘smirlarning smartfonga tobelik muammosiga jiddiy munosabatda ekanini, shu bois qo‘lidan kelganicha unga qarshi kurashishga harakat qilishini ta'kidladi.
Yangi funksiyaning kiritilish muddati hozircha ma'lum qilinmadi.