Lyft taksi xizmati, Airbnb turar-joy ijara servisi va boshqalar VentureBeat nashrining IPO (Initial Public Offering - aksiyalarni dastlabki ommaviy joylashtirish)ga chiqishga tayyor texnologik kompaniyalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Nashrda ta'kidlanishicha, 2017 yilda o‘tkazilgan IPO hajmi 2016 yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sgan - 2017 yilda AQShning 37 AT-kompaniyasi o‘z aksiyalarini birjaga joylashtirdi va 9,9 milliard dollar jalb qildi, 2016 yilda esa umumiy summasi 2,9 milliard dollarni tashkil qiluvchi 21 IPO o‘tkazilgan edi. Biroq bozorda hali-hanuz turg‘unlik davom etmoqda: masalan, 2014 yilda AQShda umumiy summasi 32,9 milliard dollarni tashkil qiluvchi 56 IPO o‘tgan.
2018 yilda vaziyat o‘zgarishi mumkin: Renaissance Capital kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 50 yirik xususiy kompaniya banklarni tanlab, aksiya joylashtirishga ariza topshirib bo‘lgan va birjaga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. CB Insights tahlil kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra esa, 2018 yilda 350dan ziyod kompaniya IPO o‘tkazishga tayyor. Ularning bari jami 100 milliard dollar investitsiya jalb qilgan.
VentureBeat ro‘yxatiga Renaissance Capital va CB Insights prognozlaridan Amerikaning 12 yirik kompaniyasi kiritildi:
Lyft taksi servisi. 4,1 milliard dollar investitsiya jalb qilgan, qiymati 11,5 milliard dollarga yetgan. 2017 yilda asosiy raqibi — Uber'ning rivojlanishi sekinlashgani hisobiga tezroq o‘sishga muvaffaq bo‘ldi.
Dropbox bulut servisi. 600 million dollar investitsiya jalb qilgan. 10,4 milliard dollarga baholanadi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda EBITDA'da ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan.
Aden to‘lov kompaniyasi. 266 million dollar investitsiya jalb qilgan. 2,3 milliard dollarga baholanadi.
Cambium Networks simsiz uskunalar ishlab chiqaruvchisi. Investitsiyalar hajmi va kompaniya bahosi noma'lum. Renaissance Capital kompaniyani 2018 yilda IPO o‘tkazish ehtimoli yuqori bo‘lgan nomzodlar qatoriga qo‘shgan.
Zscaler bulut platformasi. 138 million dollar jalb qilgan. 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. VentureBeat versiyasiga ko‘ra, kompaniya IPO o‘tkazish uchun juda qulay vaziyatda.
Airbnb uy-joy ijara servisi. 3,4 milliard dollar jalb qilgan, 31 milliard dollarga baholanmoqda. Eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri. VentureBeat'ga ko‘ra, yagona muammo startapning investorlarning ishonchini qozonish uchun yetarlicha regulyator to‘siqlaridan o‘ta olgan yo olmaganida.
Pinterest tavsiya qiluvchi servisi. 1,4 milliard dollar jalb qilgan. 12,3 milliard dollarga baholanadi.
Qualtrics tahliliy platformasi. 400 million dollar jalb qilgan. 2,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Domo tahliliy platformasi. 960 million dollar jalb qilgan. 2,3 milliard dollarga baholanadi.
Reklama kampaniyalarini optimizatsiyalovchi AppNexus platformasi. 600 million dollar jalb qilgan. 10,4 milliard dollarga baholanadi.
Zuora SaaS-kompaniyasi. 242 million dollar jalb qilgan. 1 milliard dollarga baholanadi. CB Insights versiyasiga ko‘ra, 2018 yilda IPO o‘tkazish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan besh kompaniya qatoriga kiritilgan.
Credit Karma moliyaviy konsultanti. 368 million dollar jalb qilgan. 3,5 milliard dollarga baholanmoqda. CB Insights versiyasiga ko‘ra, 2018 yilda IPO o‘tkazish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan besh kompaniyaning yana biri.