Intel virutal reallik uchun eng kompakt kompyuterni taqdim etdi - CES 2018

Fan-texnika 19:44 / 08.01.2018 6705

Virtual reallik har bir ko‘z uchun yuqori kadrlar chastotasiga ega, alohida ikkita tasvirni uzatishi kerakligi sababli kompyuter temir-tersaklariga talablari juda yuqori. Aynan shuning uchun VR Ready kompyuter tanlanganida uning o‘lchamlari mo‘'jaz bo‘lishi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Biroq Intel kompaniyasi chaqiriqlarga javob berib, masalani o‘zicha hal qilishga kirishdi hamda CES 2018 ko‘rgazmasida VR-kontentni ijro etish uchun eng mo‘'jaz kompyuterni taqdim etdi, deb yozadi hi-news.ru.

Intel’ning VR Ready kompyuterlarining ikki yangi modeli  NUC8i7HVK va NUC8i7HNK (NUC – Next Unit Computing qisqartmasi) deb atalgan. Uning asosida 8 avlodga mansub i7 protsessorlari bor, o‘lchamlariga ko‘ra esa inson kafticha joy oladi.

Foto Intel

Kompyuter korpuslari Thunderbolt USB-C, gigabitlik Ethernet-port, Mini DisplayPort, USB 3.1, HDMI portlari, shuningdek karnaylar va mikrofon uchun 3,5-millimetrli tuynukka ega. Intel vakillarining fikricha, katta model bir vaqtning o‘zida oltita displeyga tasvir uzata oladi. Kompaniya hozircha kompakt kompyuterlarining narxini oshkor etmayapti, uning narxi ham, erkin savdoga chiqarilish sanasi ham yaqin oylar ichida oshkor etilsa kerak.

Ko‘proq yangiliklar: