Argentina 9 mlrd dollarlik obligatsiyalarni rekord darajadagi past stavka bilan joylashtirdi

Iqtisodiyot 13:40 / 05.01.2018 4872

Argentina hukumati qimmatli qog‘ozlarning xalqaro bozorida 5, 10 va 30 yillik muddatga umumiy miqdori 9 mlrd dollar bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi. Bu haqda respublika Moliya vazirligi xabar berdi.

Besh yillik obligatsiyalar bo‘yicha stavka 4,625%ga teng bo‘ldi, o‘n yillik - 6%, o‘ttiz yillik - 6,95%. "Bu Argentina tarixida qimmatli qog‘ozlarni dollarlarda xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha eng past stavkalarga aylandi", - deyiladi xabarda.

Argentina moliya vaziri Luis Kaputoning ta'kidlashicha, olingan mablag‘lar "2018 yilgi moliyalashtirishdagi ehtiyojlarni taxminan to‘rtdan uch qismga va byudjyet bilan joriy yil uchun nazarda tutilgan infratuzilmaga sarmoyalarning 50%dan ortig‘ini qoplaydi". Idora ma'lumotiga ko‘ra, Argentina umumiy hisobda 450 dan ortiq sarmoyadordan 21,4 mlrd dollarlik zayavkalar oldi.

Argentina 15 yil davomida xalqaro bozorda o‘z obligatsiyalarini joylashtirish imkonidan mahrum edi, bunga 2001 yildagi defoltdan so‘ng respublika qarzini qayta tuzishdan bosh tortgan kredit beruvchilar bilan sud bahsi sabab bo‘lgan. Hokimiyat tepasiga prezident Maurisio Makri ma'muriyati kelgach, Buenos-Ayres qimmatli qog‘ozlar egalari bilan muzokaralar boshladi hamda ayni damga kelib bahslarning 98 foiziga yechim topish bo‘yicha kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: