O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi o‘sishda davom etmoqda

Iqtisodiyot 23:30 / 04.01.2018 57083

2017 yil dekabr oyi yakuniga ko‘ra, tovar va xizmatlar narxlari darajasi o‘rtacha 2,7 foizga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yil dekabr oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari 4,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 foizga va xizmatlar 0,8 foizga ko‘tarilgan. Asosiy inflyatsion omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi bo‘lgan.

Statistika qo‘mitasi 2016 yil shu davrda oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 2 foizga teng bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishida meva va sabzavotlar 14,2 foiz o‘sish bilan alohida ajralib turibdi. Bunga dekabr oyida nishonlangan bayram sanalari, qishki mavsumda meva-sabzavotlarning tanqisligi sabab bo‘lgan, deyish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: