Apple yangi avlod simsiz quloqchinlarini namoyish etdi

Foto: AppleInsider
Apple kompaniyasi AirPods simsiz quloqchinlarining yangi avlodini namoyish etdi. Yangi quloqchinlar hozircha savdoga chiqqani yo‘q, biroq muhandislarning ma'lum qilishicha, aksessuarni texnik jihatdan yaxshilashning uddasidan chiqilgan. Appleinsider saytida shu haqida xabar berildi.
Asosiy o‘zgarishlar sifat va tovush ko‘lami, zaryad va avtonom faoliyatida ro‘y bergan. Devays o‘zining avvalgi dizaynini saqlab qolgan, lekin vaqt jihatidan uzoqroq ishlaydigan bo‘lgan. Akkumulyator sig‘imi besh soatgacha oshirilgan. Yangi versiyadagi quloqchinlar relizining aniq sanasi haqida hozircha ma'lumot berilmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AirPods foydalanuvchilarining 98 foizi o‘z xarididan juda mamnun. Statistika Apple yangi mahsuloti mijozlar ehtiyojini qoniqtirishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025