Dunyoning turli mintaqalarida tadbirkorlik sohalariga kiritilayotgan sarmoyalar hajmi 1,7 trln dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonga kiritilgan xorijiy sarmoya esa, bu miqdor bilan taqqoslansa juda ham past. Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan spikerlardan biri shu haqda ma'lum qildi.
“Dunyo mamlakatlarida bu raqam (investitsiya) 1,7 trln dollar ekanini inobatga olsak, O‘zbekistonda xorijiy investitsiya kirib kelish miqdori juda ham past. Bu ishlarni biz takomillashtirishimiz kerak”, - dedi spiker.
Uning qayd etishicha, kelgusi yilning nomlanishidan kelib chiqqan holda tadbirkorlar yanada faollashib, xorijdan yangi texnologiyalarni olib kelishlari va ishlab chiqarishni kuchaytirishlari lozim. “Biz qisqa davrda shu ishlarni amalga oshira olsak, O‘zbekistonning rivojlanish sur'atlari tezlashadi”, - deya ta'kidladi u.