Las-Vegasdagi CES 2018 ko‘rgazmasida LG kompaniyasi NanoIPS texnologiyasiga ega mashhur monitorlarning yangilangan modellarini taqdim etadi, u ranglar ko‘rsatish imkoniyatini yangi darajaga ko‘taradi. Xaridorlarning iltimosiga ko‘ra, LG HDR600 formatini qo‘llab-quvvatlashni qo‘shdi, u yanada yuqori yorqinlik va Thunderbolt 3 bilan to‘la uyg‘unlikda ulanish bo‘yicha yangi imkoniyatlarga ega.
LG’dan yaxshilangan NanoIPS texnologiyasi, birinchi navbatda, 32 dyuymli UHD 4K (model 32UK950) monitorida taqdim etiladi. NanoIPS texnologiyasi ma'lum bir to‘lqin uzunliklarining ortiqcha nurlarini yutib yuborish uchun nurdiodli ekranda nano zarrachalarni qo‘llashdan iborat. Bu aniqroq tasvir va haqiqiy tasavvur berishi uchun ekranda ko‘rsatilgan ranglarning yorqinligi va tozaligini sezilarli darajada oshiradi. LG monitori DCI-P3 rangli maydonining 98 foizini o‘tkazishi mumkin, bu Hollivud blokbasterlari masteringi uchun ishlatiluvchi monitorlar bilan teng. HDR 600 shaklini qo‘llab-quvvatlovchi rang berishning mukammal sifati muhim bo‘lgan video kontentning professional foydalanuvchilari uchun LG’dan 32UK950 modeli ideal yechimga aylanadi, u 600 kandellik (cd/㎡) yorqinlikning yuqori dinamik diapazonini ta'minlab beradi.
LG’dan 32UK950 modeli shleyfli ulanishni qo‘llab-quvvatlovchi Thunderbolt 3 monitorlari uchun birinchi dok-stansiyasi bilan jihozlangan, u 4K kenglikka ega ikkita monitorni ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, monitor Thunderbolt 3 bilan jihozlangan noutbuklarga ham ulanishi mumkin. Masalan, MacbookPro’ga bitta Thunderbolt 3 faol kabeli yordamida tarmoq adapteri yoki tashqi ko‘rinishi unchalik ham chiroyli bo‘lmagan USB-kabellarni ishlatmay turib ham ulanish imkoniyati bor. Bittagina Thunderbolt 3 kabeli 4K-kontent va tovushni beradi, shu bilan birga, quvvati 60 Vt bo‘lgan noutbukni quvvatlantirish uchun yetadigan zaryad bilan ta'minlaydi, bu hamda ishda, ham joyda qulaylikni vujudga keltiradi. ArcLine arka shakldagi ajoyib taglik va hayratlanarli «chegarasiz» displey bilan esa LG’ning bu modeli kattaroq nimagadir mo‘ljallab yaratilganiga ishonch hosil qilasiz, ular bilan tasvir monitor chegaralaridan ham chiqib ketayotgandek tasavvur uyg‘otadi.
LG 34 dyuymli UltraWide monitori (34WK95U modeli) – yana bir yangilik bo‘lib, u, kutilishicha, CES ko‘rgazmasida juda katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Model keng ko‘rish burchagi, aniq ranglarni berishning oshirilgan diapazoni va reallik chegarasidan ham chiquvchi 5K kenglikka (5120 x 2160 piksel) ega. LG’ning eng birinchi 5KUltraWide (21:9) monitori juda katta ekran bo‘shlig‘i hamda ajoyib ranglar bilan jihozlangan. 5K-videoning hayratlanarli xususiyatlari monitorlar imkoniyatlaridan maksimum maqsadda foydalanuvchilar, masalan, video muharrirlar, fotosuratchilar, shuningdek, dasturiy ta'minot va ilovalar ishlab chiquvchilarga mo‘ljallangan.
34WK95U modeli NanoIPS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ajoyib rang berish bilan ta'minlaydi hamda HDR600 shaklini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u Thunderbolt 3 porti bilan jihozlangan, uning yordamida 5K kenglikka ega tasvirlarni bir kabel yordamida 60 Gts chastotasi bilan yuborish mumkin. Thunderbolt 3 interfeysi noutbuklarni quvvatlantirishga ideal tushadi, bunda foydalanuvchilar ma'lumotlar, audio yoki videoni tarmoq adapterini ulamagan holda tezlik bilan o‘tkazishlari mumkin. LG’ning bu monitori ajoyib, o‘ta elegant dizayn tufayli hattoki o‘chirib qo‘yilgan holatida ham nigohlarni o‘ziga jalb etadi, «chegarasiz» ekran va ArcLine ingichka tagligi uning tashqi ko‘rinishini yanada to‘ldirib turadi.
«Ko‘pchiligimiz har oyda monitorlar oldida yuzlab soat vaqt o‘tkazamiz. Biroq kerakli apgreyd va tizimning yanada yuqori ishlashi lozim bo‘lganida, monitorlar eng oxirgi bo‘lib almashtiriladi, - deydi LG’ning IT-bo‘linmasi rahbari Chan Ik-Xvan (ChangIk-hwan). – Premial monitorlarning yangi modellari bilan biz shuni ko‘rsatmoqchimizki, LG kompaniyasi ekranning maksimal mumkin bo‘lgan kengligi va ish yoki uyda foydalanish uchun eng yaxshi funksional xususiyatlarni taqdim etishgan urinmoqda».
LG’ning yana bir xitiga QHD (34GK950G modeli) o‘yinlarga mo‘ljallangan monitorning so‘nggi modeli aylanadi, u NanoIPS nanozarrachalari va G-Sync yuqori tezlikdagi texnologiyasidan foydalanilgani uchun tasvirning ajoyib sifati bilan ta'minlaydi.
Bu va yana boshqa ko‘plab narsalarni Las-Vegasdagi Konferentsiyalar-markazi markaziy zalida CES 2018 ko‘rgazmasi vaqtida LG pavilonida (№ 11100) ko‘rish mumkin.
Reklama huquqi asosida