1995 yilda yaratilgan, Germaniyaning davlat qarzini ko‘rsatuvchi soat 22 yil ichida birinchi marta teskarisiga, ya'ni qarzning kamayib borishi tomon hisob olib bormoqda. Germaniyaning deyarli 2 trln yevroga yetgan qarzi endi kamaymoqda.
Soat Berlindagi Germaniyalik soliq to‘lovchilar uyushmasining (BdSt) bosh qarorgohida o‘rnatilgan. 22 dekabrdan bu soat mamlakat davlat qarzining har soniyada 78 yevroga qisqarayotganini ko‘rsatmoqda.
Uyushma Germaniyaning 16 ta federal yerining byudjyet rejalashtirishini va davlat ulushining qisqarishiga qo‘shgan hissalarini yuqori baholagan.
“Bir necha yillar avvalgina federal hukumat va yerlar hukumatlari quloqlarigacha qarzga botgandilar. Biroq ayni vaqtda yosh avlodlarga ziyon yetkazayotgan siyosatga chek qo‘yildi”, deb aytgan BdSt rahbari Rayner Xoltsnagel.
U Germaniya hukumatini profitsit byudjyet va davlat qarzini qisqartirish kursini saqlab qolishga chaqirgan.