Tovushdan ham tez. Lockheed Martin yangi avialaynerni taqdim etadi

Fan-texnika 13:50 / 20.12.2017 14108

Turli boshqariluvchi texnika ishlab chiqaruvchilari orasida kim tovushdan ham tez harakatlanuvchi va ommaviy ravishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan samolyotni avvalroq taqdim etishi borasida haqiqiy jang boshlanib ketdi. Yaqinda eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri - Lockheed Martin bu poygaga o‘zining tovushdan ham tez harakatlanuvchi biznes-jyeti yangi loyihasi bilan qo‘shildi.

Lockheed Martin kompaniyasi yangi loyiha doirasida Aerion kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda, yangi samolyot esa AS2 deb nomlanadi. Samolyotni ishlab chiqarishdagi asosiy innovatsiyaga uch dvigateldan iborat konstruksiya aylanadi, ikkitasi samolyot qanotlari ostida, uchinchisi esa – orqa qismida joylashgan bo‘ladi. Bunday joylashuv bo‘lajak avialaynerning ham tezligi, ham aerodinamikasiga ijobiy ta'sir o‘tkazadi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Lockheed Martin bunday konstruksiyani 2014 yilda taqdim etgan, biroq faqatgina hozir undan foydalanmoqchi. Bundan tashqari, samolyot saloni premium-segmentga muvofiq bo‘lgan barcha standartlar bo‘yicha tayyorlanadi, avialayner Los-Anjyelesdan Sidneyga parvozni esa, ishlab chiqaruvchilarning iddao etishicha, atigi 2 soatda bajara oladi.

Foto: Lockheed Martin

Aerion bilan hamkorlik tasodifan yuz bermadi. Gap shundaki, bu kompaniya istalgan havo kemasi uchun juda muhim bo‘lgan aerodinamik korpuslarni loyihalashtirishda yetakchilardan biri hisoblanadi. Aerion uzoq vaqt davomida GE Aviation hamda Airbus kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan, Lockheed Martin bilan hamkorlik mevasi bo‘lgan AS2 esa 2023 yilga qadar bozorga chiqarilishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: