Katta «inqilob» - Toyota ichki yonish dvigateliga ega mashinalardan butunlay voz kechadi 

Fan-texnika 13:00 / 20.12.2017 14813

Toyota Motor Company to‘liq elektr avtomobillariga o‘tish rejasi haqida e'lon qildi. Toyota va Lexus brendlari ostida ishlab chiqarilayotgan barcha modellar 2025 yilga kelib faqat elektr va gibrid kuch qurilmalari bilan taklif etiladi. 2030 yilga kelib kompaniya 5,5 mln elektrlashtirilgan avtomobillar savdosi darajasiga erishishni rejalashtirmoqda, ulardan 1 millioni atmosferaga zararli moddalar chiqarib tashlanishining nol darajasiga ega butunlay elektr modellar (EV) bo‘ladi hamda faqatgina batareyalar (BEV) yoki vodorodli yoqilg‘i yacheykalari (FCEV) bazasida ishlaydi.

Toyota modellar qatorini elektrlashtirish jarayonini 10 yilda (2020-2030 yillar) amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bu vaqt mobaynida kompaniya gibrid modellar (HEV), qayta quvvatlanuvchi gibridlar (PHEV), shuningdek BEV va FCEV elektrmobillarni ishlab chiqarish va foydalanishga topshirishni sezilarli darajada tezlashtirish niyatida. Toyota 2020 yilga kelib jahon bozoriga kamida 10 ta BEV modelini chiqarishga va'da bermoqda. Yangi mahsulotlarni sotish avval Xitoyda, keyin Yaponiya, Hindiston, AQShda va oxirida Yevropada boshlanadi. Ayni paytda kompaniyada deyarli bironta ham elektr avtomobili yo‘q, cheklangan miqdordagi bozorlarda sotilayotgan FCEV Mirai modeli bundan mustasno. Biroq keyingi o‘n yil ichida kompaniya nafaqat yengil avtomobillarni, balki FCEV tijorat modellarini ham chiqaradi.

Foto: Toyota Motor

Ta'kidlab o‘tish joizki, Toyota so‘nggi yillarda akkumulyatorli batareyalar asosida ishlaydigan elektrmobillarga ancha shubha bilan qaragan. 2014 yilda u Tesla Motors bilan birgalikda RAV4 krossoverining elektr versiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihadan voz kechdi va iQ mini-karining elektr modifikatsiyasini ishlab chiqarishni yopdi, bunga savdolar darajasining pastligi sabab bo‘ldi. Kompaniya AQSh va Yaponiyada atigi 100 taga yaqin bunday mashinalarni sotdi. Shunga qaramasdan, kompaniya uzoq vaqt davomida zamonaviy g‘oyalarga qarshi tura olmadi. Boshqa yo‘l ham yo‘q edi. E'tiborni biroz pasaytirish kifoya – asosiy raqiblar sendan tezlik bilan o‘tib ketadi. Natijada, Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi strategiyani o‘zgartirishga qaror qildi. Umuman olganda, albatta, nafaqat raqobatchilarning faolligi, balki Xitoy, Hindiston, Yevropa davlatlari va boshqa mamlakatlarda tayyorlanayotgan qonun loyihalari ham bunga ta'sir ko‘rsatdi. Ularda atmosfera ifloslanishini kamaytirish va zararli gazlar chiqarib tashlanishini qisqartirish uchun ekologik toza transportdan foydalanish tartibga solinadi. Shuning uchun Toyota uzoq muddatli istiqbolda 2050 yilga borib o‘zining barcha yangi modellarida karbonat angidridning chiqarib tashlanishi darajasini 2010 yilgi ko‘rsatkich bilan solishtirganda 90 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu maydonda autsayderlar safida qolayotgan kompaniya birdaniga o‘nta yangi elektrmobil modelini taqdim etib, kamida yapon ishlab chiqaruvchilari orasida poyga yetakchisiga aylanishi mumkin va bu texnologiyani birinchilardan bo‘lib qo‘llagan Nissan Motor kompaniyasini ham ortda qoldira oladi. 2010 yilda Leaf elektrmobilini taqdim etgan Nissan Motor esa hozircha EV qatoridagi modellar kengaytirilishi bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni ochiqlamadi, faqatgina Renault hamda Mitsubishi alyansi bo‘yicha sheriklar bilan 2022 yilga qadar bozorga nol chiqarib tashlash darajasiga ega 12 ta yangi avtomobilni chiqarmoqchi ekaniga ishora qildi. Yaponiyaning yana bir kompaniyasi, Honda Motor, Xitoyda kelasi yili bitta elektrmobil modelini, keyin esa 2019 yilda Yevropa bozori uchun ham yana bitta modelni chiqarish bo‘yicha rejalari haqida xabar berdi. Bundan avval elektrmobillarga o‘tish rejalari borligi haqida BMW, Daimler, Volvo Cars va Volkswagen Group kabi kompaniyalar ma'lum qilgandi.

Foto: Toyota Motor

Toyota kompaniyasining akkumulyatorlar bazasida ishlovchi elektrmobillarga nisbatan shubhali munosabatiga kelsak, u birinchi navbatda so‘nggilarining texnik xususiyatlaridagi kamchilik bilan bog‘liq. Kompaniya fikriga ko‘ra, boshqa ishlab chiqaruvchilarning shov-shuvli anonslariga qaramay, batareyalar hamon ancha cheklangan yurish masofasi va quvvatlanishning past tezligini taklif etmoqda. Yakunda Toyota batareyalarni qattiq elektrolitda mustaqil ravishda ishlab chiqishga qaror qildi. Tijoriy maqsadlarda ishlab chiqarish 2020-yillarning boshiga rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Panasonic bilan suyuq elektrolit asosidagi yangi avloddagi batareyalarni birgalikda ishlab chiqish va taqdim etish masalasi bo‘yicha bitim imzoladi. Toyota 2030 yilga qadar bu ishga taxminan 13,3 mlrd dollar sarmoya kiritishni mo‘ljallagan. Bundan tashqari, Mazda Motor va Denso (avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi) bilan hamkorlikda EV uchun yangi arxitektura ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Shuningdek HEV qatorini Toyota Hybrid System II (Toyota Prius hozirgi avtomobillar avlodida ishlatiladi) ikkinchi avloddagi kuch qurilmasi negizida kengaytirish borasida ham rejalar bor – gibridli tizimning yanada kuchliroq va soddalashtirilgan versiyasini yaratish.

Toyota infratuzilmani ham yoddan chiqarmadi – o‘z resursidan elektrmobillarda foydalanib bo‘lgan batareyalarni qayta ishlash hamda takroriy ravishda ishlatish uchun stansiya yaratilishi, shuningdek elektr quvvatlantiruvchi stansiyalar va vodorod bilan quvvatlantirish tarmog‘ini kengaytirish haqida va'da berildi. Kompaniya aksiyalari qiymati bu yangiliklar fonida savdolarda 2,8 foizga o‘sdi. Kompaniyaning bozordagi narxi esa taxminan 202 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: