Virgin Hyperloop One tadqiqotchilar jamoasi yana rekord o‘rnatdi – Las-Vegas yaqinidagi DevLoop sinov maydonida o‘tkazilgan testlar davomida ular kapsulani soatiga 387 kilometr tezlikka qadar yetkazishning uddasidan chiqishdi.
0,0002 atmosfera bosimiga ega quvur ichida kapsula soatiga 310 kilometrlik avvalgi rekordni yangilay oldi. Virgin Hyperloop One vakillari amalga oshirilgan ish haqida hisobot berib, havoni konditsionerlash tizimi, boshqaruv tizimi, barcha kuch elektronikasi hamda boshqa komponentlar shunday yuklamaga bardosh bera olishi hamda yaxshi tarzda ishlayotganini qayd etishdi. Kompaniya kapsula tezligini sekinlik bilan, biroq to‘g‘ri tarzda oshirib bormoqda, yakunda uni soatiga 1100 kilometrga yetkazish rejalashtirilgan.
Hyperloop One vakillari sinov maydonidagi muvaffaqiyat bilan cheklanishmadi hamda Virgin Group asoschisi Richard Brenson kompaniya raisiga aylanganini ma'lum qilishdi. Avvalroq u Hyperloop One direktorlar kengashi safidan joy olgandi, shundan so‘ng kompaniyaning rivojlanishi uchun mablag‘larni faol yo‘naltira boshladi, yakunda esa nomda “Virgin” yozuvi paydo bo‘ldi. Brensonning ma'lum qilishicha, Virgin Hyperloop One muvaffaqiyatidan hayratga tushgan hamda kompaniya o‘z salohiyatini to‘la ochib berishiga ishonadi.